Skip to content

EduCoin

Designed for iPhone, iPad, iPod touch

View in App Store
  • Age rating4+
  • CategoryEducation
  • DeveloperIslomjon Bakhromov
  • LanguagesEnglish
  • Size29.1 MB

Links to the official App Store page

Download.org hosts no file of EduCoin. The button opens its official App Store page, published by Islomjon Bakhromov. Listing last checked on Nov 12, 2026.

Screenshots

  • EduCoin screenshot 1
  • EduCoin screenshot 2
  • EduCoin screenshot 3
  • EduCoin screenshot 4
  • EduCoin screenshot 5
  • EduCoin screenshot 6
  • EduCoin screenshot 7

About

The developer has not provided this text in your language.

EduCoin — ota-onalar va bolalar uchun kundalik odat va yumushlar ilovasi. Bola yumushni bajaradi, rasm yoki ovoz bilan isbotlaydi, siz tasdiqlaysiz — bola coin oladi va uni o‘zi tanlagan sovg‘aga almashtiradi.

Nima uchun EduCoin?
• Bola mas’uliyatli bo‘lishni o‘rganadi — har kuni o‘z yumushlarini o‘zi bajaradi.
• Vazifalarni vaqtida bajarish odati shakllanadi.
• Coin yig‘ish va sarflash orqali moliyaviy savodxonlik rivojlanadi.
• Ota-ona va bola o‘rtasida ishonch va kelishuv mustahkamlanadi.

OTA-ONA UCHUN
• Tayyor yumush to‘plamlari (ertalabki va kechki tartib, dam olish kuni) yoki o‘z yumushlaringiz.
• Har yumushga coin, jadval (qaysi kunlar, kunning qaysi qismi) va isbot turi: rasm yoki ovoz.
• Bola yuborgan isbotni ko‘rib, bir bosishda tasdiqlaysiz yoki sababini yozib qaytarasiz.
• Sovg‘alarni o‘zingiz qo‘yasiz: narxi coinda, soni cheklangan bo‘lishi mumkin.
• Haftalik va oylik statistika — qaysi kunlar samarali, qaysi yumush qiyin.
• Bir necha farzand — har biriga alohida profil.

BOLA UCHUN
• Bugungi yumushlar ro‘yxati va coin hisobi.
• Sovg‘a do‘koni: ota-onadan va platformadan sovg‘alar, «nimaga qancha yetmayapti» ko‘rinib turadi.
• «Boshqa narsa so‘rash» — o‘zi xohlagan sovg‘ani taklif qiladi.
• 10 kunlik odat dasturi: har kuni qisqa vazifalar, mashqlar va savollar.
• O‘yinlar: «Marra» matematik yugurish va 6 ta kichik o‘yin (rang, shakl, so‘z, xotira…), kunlik va umumiy reyting.

XAVFSIZLIK
• Reklama yo‘q. Uchinchi tomon analitikasi yo‘q.
• Bola ota-ona bergan kod bilan kiradi — telefon raqami so‘ralmaydi.
• Ota-ona rejimi PIN yoki misol bilan qulflanadi.
• Yuklangan rasmlardan joylashuv ma’lumotlari o‘chiriladi.

Asosiy imkoniyatlar bepul. Premium: 2 va undan ortiq farzand, ovozli isbot, 10 kunlik va 30 kunlik dastur, batafsil statistika.

What’s new

Version 2.1.1 · Oct 6, 2026

• Yangi o‘yin «Musiqa chalamiz»: pianino, gitara va baraban. Bola mashhur kuylarni o‘rganadi va yoddan chaladi, eng yaxshi natija reytingga chiqadi
• Marra o‘yinida kun va tun almashinuvi hamda yoqimli fon musiqasi
• 10 kunlik odat: o‘tgan kunlarning vazifalarini ham bajarish mumkin (Premium)
• Ro‘yxatdan o‘tish osonlashdi — parolsiz, SMS kod bilan
• Bola kodi: QR, nusxa olish va ulashish bitta oynada
• Sovg‘a so‘rashda tayyor variantlar, rasm bosilsa kattalashadi
• Boshqa tuzatishlar va tezlik yaxshilanishlari

App privacy

What Islomjon Bakhromov declares on the App Store about how this app handles data.

  • Data not collected

    The developer does not collect any data from this app.

Privacy practices may vary, for example with the features you use or your age.

Information

Seller
Islomjon Bakhromov
Category
Education
Version
2.1.1
Updated
Oct 6, 2026
Released
Oct 7, 2025
Size
29.1 MB
Requires
iOS 15.0 or later
Age rating
4+
Languages
English
Copyright
© 2026 EduCoin Inc.