
Mobirex
CRM for phone & accessory shop
iPhone, iPod touch için tasarlandı
Ücretsiz
- Yaş sınırı4+
- Kategoriİş
- GeliştiriciZokhidillo Turgunov
- Dillerİngilizce
- Boyut27,0 MB
Resmi App Store sayfasına bağlanır
Download.org, Mobirex için hiçbir dosya barındırmaz. Düğme, uygulamanın App Store üzerindeki sayfasını açar; uygulamayı orada Zokhidillo Turgunov yayınlar. Sayfanın son kontrolü: 22.11.2026.
Hakkında
Geliştirici bu metni dilinizde sunmamış.
Mobirex — O'zbekistondagi telefon do'konlari uchun maxsus yaratilgan CRM/ERP tizimi.
NIMA UCHUN KERAK
Ko'p do'konlarda savdo va qarz daftar, Excel yoki Telegram orqali yuritiladi.
Natijada: kim nima sotdi noaniq, qaysi filialda qancha pul qoldi bilinmaydi,
qarzlar chalkashadi, oy oxirida foyda hisoblanmaydi.
Mobirex shu ishni tartibga soladi.
MAHALLIY DO'KON ISHIGA MOSLANGAN
Bu umumiy ombor dasturi emas. Tizim aynan O'zbekiston telefon do'konlarining ish
uslubiga qurilgan:
- Mijoz qarzi — do'konlarimizda odat bo'lgan "biz berdik / biz oldik" yo'nalishi bilan
- To'lanmagan qarz oy yopilganda keyingi oyga o'zi ko'chadi, qoldiq bilan
- Har oy avtomatik yopiladi: sotilmagan telefon keyingi oyga o'tadi, o'tgan oy
hisoboti muzlatiladi va boshqa o'zgarmaydi
- Kapital oyiga bir marta tikiladi, aylanma pul har amaldan keyin o'zi qayta hisoblanadi
- Har bir filial alohida yuritiladi, xodim faqat o'z filialini ko'radi
- Barcha interfeys o'zbek tilida
ROLLAR
Do'kon egasi — barcha filial va xodimlarni bir joydan ko'radi
Sotuvchi — o'z filialidagi savdo, qarz va harajat bilan ishlaydi
IMKONIYATLAR
- Telefon savdosi: qo'shish, sotish, qaytarish, foyda hisobi
- Sotilmagan telefonlar: oy bo'yicha filtr bilan
- Qarzlar: berilgan va olingan, qisman to'lov va to'lov tarixi bilan
- Harajatlar: kunlik harajatlarni qayd etish
- Oylik: xodimlarga berilgan maoshni yozib borish
- Kapital: tikilgan mablag' va aylanma pul nazorati
- Hisobot: oylik tushum, foyda, harajat va sof foyda
- Audit jurnali: kim, qachon, qaysi amalni bajargani yozib boriladi
- O'chirilganlar: o'chirilgan yozuvlar yo'qolmaydi, alohida ekranda ko'rinadi
HISOB OCHISH
Ommaviy ro'yxatdan o'tish yo'q — har bir hisob aniq do'konga, uning filiallari va
xodimlariga bog'lanadi. Hisob ochish uchun kirish sahifasidagi "Bog'lanish" orqali
telefon raqamingizni qoldiring, biz siz bilan bog'lanamiz.
Yordam: https://mobirex.uz/support
Maxfiylik siyosati: https://mobirex.uz/privacy
Hisobni o'chirish: https://mobirex.uz/account-deletion
Yenilikler
Sürüm 1.6.1 · 19.11.2026
**Yangi:**
- Har kuni ertalab shu kuni muddati keladigan qarzlar ro‘yxati E’lonlar bo‘limida ko‘rsatiladi.
- Qarzlar ekranidagi “Biz oldik” va “Biz berdik” jami qoldiqlari endi barcha qarzlar bo‘yicha hisoblanadi.
**Tuzatildi:**
- Qarz muddati eslatmalari o‘z vaqtida kelishi yaxshilandi.
- Bildirishnomalarga ruxsat so‘rashdagi muammolar tuzatildi.
- Face ID orqali kirishni yoqish va o‘chirishdagi xatolar tuzatildi.
- Hisobotdagi ortiqcha ko‘rsatkichlar olib tashlandi, xarajatlar “Jami xarajat” qatorida birlashtirildi.
- “Sof foyda” kartasining o‘lchami va ko‘rinishi tuzatildi.
Uygulama gizliliği
Bu uygulamanın verileri nasıl işlediği hakkında Zokhidillo Turgunov tarafından App Store üzerinde yapılan beyan.
-
Sizinle ilişkilendirilen veriler
Toplanabilir ve kimliğinizle ilişkilendirilebilir.
- İletişim bilgileri
- Kullanıcı içeriği
- Tanımlayıcılar
Gizlilik uygulamaları, örneğin kullandığınız özelliklere veya yaşınıza göre değişiklik gösterebilir.
Bilgiler
- Satıcı
- Zokhidillo Turgunov
- Kategori
- İş
- Sürüm
- 1.6.1
- Güncellendi
- 19.11.2026
- Yayın tarihi
- 17.08.2026
- Boyut
- 27,0 MB
- Gereksinim
- iOS 15.6 veya sonrası
- Yaş sınırı
- 4+
- Fiyat
- Ücretsiz
- Diller
- İngilizce
- Telif hakkı
- © 2026 Mobirex















