İçeriğe atla

ZeroX

iPhone, iPod touch için tasarlandı

Ücretsiz

App Store üzerinden indir
  • Yaş sınırı4+
  • KategoriFinans
  • GeliştiriciZEROX LLC
  • Dillerİngilizce
  • Boyut59,5 MB

Resmi App Store sayfasına bağlanır

Download.org, ZeroX için hiçbir dosya barındırmaz. Düğme, uygulamanın App Store üzerindeki sayfasını açar; uygulamayı orada ZEROX LLC yayınlar. Sayfanın son kontrolü: 23.11.2026.

Ekran görüntüleri

  • ZeroX ekran görüntüsü 1
  • ZeroX ekran görüntüsü 2
  • ZeroX ekran görüntüsü 3
  • ZeroX ekran görüntüsü 4
  • ZeroX ekran görüntüsü 5
  • ZeroX ekran görüntüsü 6
  • ZeroX ekran görüntüsü 7
  • ZeroX ekran görüntüsü 8

Hakkında

Geliştirici bu metni dilinizde sunmamış.

ZeroX — qarz munosabatlarini tartibli, shaffof va ishonchli yuritish uchun ilova. Qarz shartnomasi, qarz daftari, shaxsiy qarz va shaxsiy moliya — barchasi bitta ilovada.

QARZ SHARTNOMASI
• Do‘st, tanish yoki hamkor bilan qarz shartnomasini bir necha daqiqada elektron tarzda rasmiylashtiring.
• Tomonlar shaxsi MyID orqali tasdiqlanadi.
• Qarzni qisman yoki to‘liq qaytarish, muddatni uzaytirish va qarzdan voz kechish dalolatnomalar bilan qayd etiladi.
• Shartnoma va dalolatnomalarni PDF ko‘rinishida yuklab oling.
• Hamkorning to‘lov intizomi reytingi ko‘rinadi.

QARZ DAFTARI — DO‘KON VA TADBIRKORLAR UCHUN
• Nasiyaga sotilgan mahsulotlar va mijozlar qarzini qog‘ozsiz yuriting.
• Mijozlarga SMS orqali eslatma va qarzni qaytarish talabi.
• Yetkazilmagan SMS’lar ro‘yxati va bir bosishda qayta yuborish.
• Mijoz bo‘yicha tavsiya: qarzini o‘z vaqtida qaytaradimi yoki kechiktiradimi.
• Internetsiz ham ishlaydi: amallar telefonda saqlanadi va internet qaytganda o‘zi yuboriladi.

SHAXSIY QARZ
• Kimga bergansiz, kimdan olgansiz va qachon qaytadi — hammasi bir joyda.
• Muddat yaqinlashganda eslatma keladi, hech bir qarz unutilmaydi.

SHAXSIY MOLIYA
• Daromad va xarajatlarni kiriting, budjet va maqsadlar qo‘ying.
• Tahlil: pulingiz qayerga ketayotganini oy kesimida ko‘ring.
• «Moliyaviy holat»: moliyangiz ball bilan baholanadi va uni yaxshilash bo‘yicha maslahatlar beriladi.
• «Qarz va kreditlardan chiqish»: to‘lov rejasi, bugun qancha xavfsiz sarflash mumkinligi, «Agar» kalkulyatori va to‘lov kuni eslatmalari.
• Oila moliyasi: oila a’zolari bilan umumiy budjet, kim nimani ko‘rishini o‘zingiz belgilaysiz.

XAVFSIZLIK
• PIN-kod va Face ID / Touch ID bilan himoya.
• Shaxsiy ma’lumotlar ko‘rsatilgan ekranlar himoyalangan.
• Hisobni ilovaning o‘zida o‘chirish imkoniyati.

QULAYLIK
• 5 tilda: o‘zbek (lotin va kirill), rus, qoraqalpoq va ingliz.
• Telegram orqali yordam: @zeroxuz_bot.
• Veb-versiya: zerox.uz

ZeroX — ishonch kafolati.

Yenilikler

Sürüm 2.1.1 · 22.11.2026

ZeroX 2.1.1 — yangi versiyada:

• iPhone'da ro'yxatdan o'tishda SMS kod ekranida ilova yopilib qolishi tuzatildi.
• Ro'yxatdan o'tishda SMS yuborilmasa yoki urinishlar soni ko'payib ketsa, endi tushunarli xabar chiqadi.
• Qarz daftari: berilgan va olingan qarzlar ro'yxatida endi faqat qarzi bor mijozlar ko'rinadi.
• Qarz daftari: qaytarish muddatini tanlash tugmalari qulaylashtirildi, qarz saqlanganda bildirishnoma chiqadi.
• Qarzdan voz kechishda UZS yoki USD valyutasini tanlash mumkin.
• Summalar aniqroq ko'rsatiladi: so'm summalari butun son bilan, dollar summalari kerakli joyda tiyini bilan.
• Bildirishnomalar barcha telefonlarda ekranga to'liq sig'adi.
• Hisobni o'chirish «Xavfsizlik» bo'limiga ko'chirildi.
• Ilova barqarorligi oshirildi va xatolar tuzatildi.

Uygulama gizliliği

Bu uygulamanın verileri nasıl işlediği hakkında ZEROX LLC tarafından App Store üzerinde yapılan beyan.

  • Veri toplanmıyor

    Geliştirici bu uygulamadan hiçbir veri toplamıyor.

Gizlilik uygulamaları, örneğin kullandığınız özelliklere veya yaşınıza göre değişiklik gösterebilir.

Bilgiler

Satıcı
INFINITY PAYMENT SYSTEM, MChJ
Kategori
Finans
Sürüm
2.1.1
Güncellendi
22.11.2026
Yayın tarihi
23.07.2025
Boyut
59,5 MB
Gereksinim
iOS 15.1 veya sonrası
Yaş sınırı
4+
Fiyat
Ücretsiz
Diller
İngilizce
Telif hakkı
© ZeroX MCHJ